<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><title>Sirlarimni Senga aytdim Q60</title>
<lyrics>[V1]
 Sirlarimni Senga aytdim Xudovandim,
 Tingla meni men gunohkor oʻgʻlingdurman.
 // Tanam hokim boʻlmoq istar jon ustidan,
 Bu kurashda men bemajol oʻgʻlingdirman. //

[V2]
 Tanam deydi dunyoga ishq bogʻla koʻngil,
 Kayf safola dimogʻingni chogʻla koʻngil.
 // Xaschupni qoʻy oʻylagin ul tola koʻngil,
 Menga boqsang bir ziyonkor oʻgʻlingdirman. //

[V3]
 Ruhim aytar Xudoga tik boqma doʻstim,
 Manmanlikning nishonini taqma doʻstim.
 // Vasvasalar daryosiga oqma doʻstim,
 Ikki qirgʻoq boʻylab bedor oʻgʻlingdirman. //

[V4]
 Rabbim aytdi birodaring tovonin oʻp,
 Iso Masih degan ogʻir zabonni oʻp.
 // Menchi ayblab yurdim uni koʻzimda choʻp,
 Netay Ota men badkirdor oʻgʻlingdirman. //

[V5]
 Vasvasalar gunoh toshin otib ketdi,
 Gunohim koʻp yelkamga tosh botib ketdi.
 // Yigʻlay-yigʻlay diydalarim qotib ketdi,
 Sen boqmasang men holi xor oʻgʻlingdirman. //

[V6]
 Kelgin meni tashlab ketma Muqaddas Ruh,
 Yuragimni gʻashlab ketma Muqaddas Ruh.
 // Koʻzlarimni yoshlab ketma Muqaddas Ruh,
 Dod deyarman,tunlar bedor oʻgʻlingdirman. //

[V7]
 Ishonaman Sendan kelar menga najot,
 Va oyogʻing quchmoq uchun ikki qanot.
 /// Senda sevgi,Senda umid,Senda hayot,
 Otajonim yoʻlingga zor oʻgʻlingdirman. ///</lyrics>
<hymn_number>60</hymn_number>
</song>